Bokudan munosabat: O‘zbekiston tashabbuslari Markaziy Osiyo integratsiyasiga yangi sur’at bag‘ishlamoqda

Avgust 02, 2026. 12:30 • 2 daq

91
Bokudan munosabat: O‘zbekiston tashabbuslari Markaziy Osiyo integratsiyasiga yangi sur’at bag‘ishlamoqda

BOKU, 2-avgust. /“Dunyo” AA/. Taniqli ozarbayjonlik siyosatshunos va tahlilchi Ilgar Velizade “Dunyo” AAga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvidagi ishtiroki xususida fikr bildirdi:

– O‘zbekiston yetakchisining Cho‘lponotada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining uchrashuvidagi ishtiroki ushbu yirik tadbirning mavqei va samaradorligini oshirishga xizmat qildi. Aynan Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ushbu mintaqaviy muloqot shakliga asos solingan edi. Ushbu format so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlari pozitsiyalarini muvofiqlashtirish uchun samarali maydonga aylandi.

Ushbu Maslahat uchrashuvlarining muvaffaqiyatli rivojlanishi ko‘p jihatdan O‘zbekiston Prezidentining mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan izchil siyosati tufayli amalga oshmoqda. Shu bois, bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham Shavkat Mirziyoyev mintaqadagi integratsiya jarayonlariga qo‘shimcha turtki berishga qodir qator yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Avvalgi Maslahat uchrashuvida Shavkat Mirziyoyev mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish bo‘yicha bir nechta tashabbuslarni taklif qilgan edi. Xususan, savdo-iqtisodiy sheriklikni kengaytirish, transport-logistika yo‘laklarini rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, suv-energetika resurslarini birgalikda boshqarish kabi tashabbuslar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Keyinchalik ushbu takliflarning salmoqli qismi amalda o‘z rivojini topdi. Bu O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikning asosiy tashabbuskorlaridan biri sifatidagi nufuzini mustahkamladi. Bu esa Toshkentga joriy uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish uchun zamin yaratdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish