Xitoydan munosabat: O‘zbekistondagi islohotlar amaliy natijalar bermoqda

Iyul 27, 2026. 09:30 • 2 daq

32

PEKIN, 27-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda xitoy tilidagi yangilangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining taqdimotini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi huzuridagi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo institutida bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston va Xitoyning yetakchi tahliliy va ilmiy markazlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda 2030-yilgacha mo‘ljallangan yangilangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonlari hamda tashqi siyosiy ustuvor yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasi Akademik kengashi Bosh kotibi o‘rinbosari Din Syaosin:

— Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston shiddat bilan rivojlanmoqda. Mamlakatda bir necha bor bo‘lib, so‘nggi yillarda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarga guvoh bo‘lganman. “O‘zbekiston – 2030” — O‘zbekistonning yaqin istiqboldagi rivojlanish vektorini belgilab beruvchi asosiy dasturiy hujjatdir. Unda istiqbolli maqsadli ko‘rsatkichlar o‘z aksini topgan. Xususan, O‘zbekiston YAIM hajmi joriy yilda 180 milliard AQSH dollariga yetishi, yaqin yillarda esa 240 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

Umuman olganda, O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbollari juda keng. Bugungi kunda mamlakat jadal o‘sish sur’atlarini namoyish etmoqda.

Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti direktori Sun Chjuanchji:

— Institutimiz va Xitoyning boshqa aqliy markazlari O‘zbekistondagi islohotlarni doimiy ravishda kuzatib bormoqda. Bu yil mamlakatlarimiz o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik o‘rnatilganiga o‘n yil to‘ldi. Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya tizimida sezilarli ilgarilash guvohi bo‘lmoqdamiz. Bu Markaziy Osiyo davlatlari uchun yorqin namunadir. O‘zbekistonga tashriflarimiz chog‘ida ushbu o‘zgarishlar aniq va sezilarli ijobiy natijalar berayotganiga shaxsan ishonch hosil qildik.

Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti yetakchi ilmiy xodimi Su Chan:

— Samarali o‘tgan forum davomida biz keng ko‘lamli chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan yangi taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyatini atroflicha anglab yetdik. O‘zbekistonlik mutaxassislar so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi rejalar hamda ikki tomonlama munosabatlar istiqbollarini aniq misollar bilan taqdim etdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish