«Kabar» AA: O‘zbekiston va Qirg‘iziston qo‘shma ishlab chiqarish zanjirlarini rivojlantirmoqda
Iyul 26, 2026. 15:30 • 2 daq
• 36
BISHKEK, 26-iyul. /“Dunyo” AA/. Qirg‘izistonning «Kabar» milliy axborot agentligida O‘zbekiston va Qirg‘iziston iqtisodiy hamkorligiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Materialda keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar izchil rivojlanib, an’anaviy tovar ayirboshlashdan sanoat kooperatsiyasi va qo‘shma qiymat zanjirlarini shakllantirish bosqichiga o‘tayotgani ta’kidlangan.
Qayd etilishicha, 2025-yilda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 1,2 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 37 foizga oshgan. Joriy yilning yanvar–may oylarida esa o‘zaro savdo hajmi 45,5 foizga o‘sib, 469 million dollarga yetgan.
Nashrda, shuningdek, Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi ikki mamlakat iqtisodiy hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi, mazkur yo‘nalish bo‘ylab logistika markazlari, sanoat zonalari va qayta ishlash quvvatlarini tashkil etish esa mintaqada yagona ishlab chiqarish va transport makonini shakllantirishga xizmat qilishi qayd etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi