Pekindan munosabat: O‘zbekiston liderining kuchli siyosiy irodasi tufayli mintaqadagi ko‘p yillik muammolar o‘tmishda qoldi
Avgust 02, 2026. 11:30 • 2 daq
• 75
PEKIN, 2-avgust. /“Dunyo” AA/. Xitoy TIV huzuridagi Xalqaro muammolar akademiyasining Yevroosiyo tadqiqotlari instituti eksperti Chjao Chjen “Dunyo” AAga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvidagi ishtiroki xususida fikr bildirdi:
– Ushbu Maslahat uchrashuvi formatini yaratish tashabbuskori Prezident Shavkat Mirziyoyev ekanini yaxshi bilamiz.
O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi muhim davlat bo‘lib, yaqin qo‘shnilari bilan birgalikda bugungi kunda “Yangi Markaziy Osiyo” deb atalayotgan mintaqaviy integratsiya jarayonini faol ilgari surmoqda.
O‘zbekiston liderining kuchli siyosiy irodasi va faol sa’y-harakatlari tufayli bugun mintaqadagi ko‘p yillik muammolar o‘tmishda qoldi. Markaziy Osiyo esa mintaqa mamlakatlarining birgalikda rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlar makoniga aylandi.
Biz Xitoyda mintaqa mamlakatlarining ochiqlik va uzoq muddatli hamkorlikka o‘tishida salmoqli yutuqlarni ko‘ryapmiz va O‘zbekiston bunda asosiy tashabbuskor, yo‘naltiruvchi hamda yetakchi rol o‘ynamoqda. Shu bilan birga, mintaqaning “Markaziy Osiyo plyus” formatlari doirasidagi o‘zaro hamkorlik ham muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilarining ikkinchi norasmiy uchrashuvi Markaziy Osiyo ichidagi hamda Kavkazdagi asosiy qo‘shnilar bilan integratsiyani chuqurlashtirishga qaratilgan izchil siyosatning bir qismidir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi