Singapurdan munosabat: O‘zbekiston xalqaro investorlar uchun yangi istiqbolli yo‘nalishga aylanmoqda

May 16, 2026. 12:00 • 2 daq

124
Singapurdan munosabat: O‘zbekiston xalqaro investorlar uchun yangi istiqbolli yo‘nalishga aylanmoqda

SINGAPUR, 16 may. /“Dunyo” AA/. Singapurda faoliyat yurituvchi taniqli nemis moliyaviy tahlilchisi va investori Rayner-Mixael Prays “DFO Singapore” nashrida O‘zbekistonning sarmoyaviy imkoniyati hamda hukumatning xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasidagi izchil chora-tadbirlarini yuqori baholadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mutaxassisning fikricha, O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasining (“UZNIF”) London fond birjasida listingga chiqishi mamlakat iqtisodiyoti rivojida muhim bosqich bo‘ldi. Ushbu qadam nafaqat O‘zbekistonning xalqaro moliya bozorlariga kirib borishini anglatadi, balki xorijiy investorlar uchun Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyat yuritishga yangi imkoniyatlar yaratgan.

“UZNIF” shunchaki alohida bir kompaniya emas, balki O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlariga sarmoya kiritish imkonini beradigan investitsiya jamg‘armasidir.

Jamg‘arma bank, energetika, transport, telekommunikatsiya sohalari va sanoat korxonalarida strategik ulushlarga egalik qiladi. Bu orqali investorlar bitta kompaniyadan emas, balki butun mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar va modernizatsiya jarayonidan foyda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tahlilchining qayd etishicha, “UZNIF” aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtiruvi investorlarda katta qiziqish uyg‘otgan. Xususan, London fond birjasidagi listing vaqtida bitta global depozitar tilxatning qiymati 25 dollar etib belgilangan va jalb qilingan mablag‘larning umumiy hajmi 603,6 million dollarni tashkil etgan.

Bundan tashqari, “Franklin Templeton”, “BlackRock”, “Redwheel” kabi yirik xalqaro investorlarning ishtiroki jamg‘armaga bo‘lgan ishonch darajasi yuqori ekanidan dalolat beradi. Bu o‘z navbatida. O‘zbekistonning xalqaro moliyaviy nufuzi mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish