Moskvadan munosabat: O‘zbekiston Prezidenti tashabbuslari TDTda qo‘shma raqamli loyihalarni amalga oshirishga katta hissa qo‘shadi

May 16, 2026. 13:30 • 2 daq

15
Moskvadan munosabat: O‘zbekiston Prezidenti tashabbuslari TDTda qo‘shma raqamli loyihalarni amalga oshirishga katta hissa qo‘shadi

MOSKVA, 16-may. /“Dunyo” AA/. Rossiya Fanlar akademiyasi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti direktori o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori Sergey Afonsev “Dunyo” AAga O‘zbekiston Prezidentining 15-may kuni Turkiston shahriga amalga oshirgan xizmat safari va Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitidagi ishtiroki yuzasidan fikr bildirdi:

– Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash sohasida katta salohiyatga ega. Bu borada O‘zbekiston TDT doirasidagi amaliy integratsiyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev TDTda izchil ravishda iqtisodiy rivojlanish, infratuzilma loyihalari va hamkorlikning aniq natijalariga alohida urg‘u berib kelmoqda. Bu tashabbuslar mamlakatning TDT iqtisodiy kun tartibini muvofiqlashtiruvchi markazlardan biri sifatidagi rolini mustahkamlamoqda.

Odatda bu kontekstda asosiy e’tibor ishtirokchi davlatlarning savdo va investitsiya salohiyatini birlashtirishga qaratiladi. Biroq joriy yil Turkistonda bo‘lib o‘tgan norasmiy sammit doirasida asosiy urg‘u zamonaviy raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga qaratildi. Bu ham muhokama, ham amaliy loyihalarni amalga oshirish uchun juda istiqbolli mavzudir.

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar doirasi juda keng va kelajakda yanada kengayishi kutilmoqda. Ularning turli mamlakatlarda qo‘llanish salohiyati milliy iqtisodiyotlar oldida turgan rivojlanish chaqiriqlariga bog‘liq. Rivojlanish uchun umumiy chaqiriqlarni aniqlash va ularga umumiy javob topish xalqaro hamkorlikning muhim vazifasidir.

Ishonchim komilki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi tashabbuslari ushbu maqsadga erishishga muhim hissa qo‘shadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish