O‘zbekiston–Turkmaniston do‘stlik ramzi: “Sharq marvaridi – 2026” g‘oliblari tantanali taqdirlandi

May 18, 2026. 11:55 • 2 daq

1

TOSHKENT, 18-may. Poytaxtimizdagi “Ashxobod” sayilgohida axaltaka otlari bo‘yicha tashkil etilgan “Sharq marvaridi – 2026” musobaqasi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Taqdirlash marosimida Turkmaniston elchisi Shadurdi Meredov, O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Achilbay Ramatov hamda rasmiy vazirlik va idoralar vakillari, diplomatik korpus va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Ushbu marosim ikki qardosh xalqning strategik sherikligi va madaniy birligi namoyishiga aylandi.

“Sharq marvaridi – 2026” musobaqasi shu yil 8–9-may kunlari “O‘zbegim otlari” ot zavodida bo‘lib o‘tdi. Xalqaro hakamlar nazorati ostida o‘tgan nufuzli turnirda zotdor otlar ishtirokida jami 9 ta poyga va maxsus ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etildi.

Shiddatli bahslarda yuqori mahorat ko‘rsatgan “O‘zbegim otlari” ot zavodi jamoasi eng yaxshi natijani qayd etib, bosh sovringa loyiq topildi. Tadbir yakunida g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan Turkmaniston Prezidenti sovg‘alari – “Chevrolet Tahoe” va “BYD Song Plus” avtomobillari tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur nufuzli tadbir qardosh o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi tarixiy rishtalarni, milliy anʼanalar va madaniy hamkorlikni yangi asr talablari darajasida yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan g‘oyat ahamiyatlidir.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish