O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Pekinda Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
Iyun 05, 2026. 20:24 • 2 daq
• 43
PЕKIN, 5-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov 4 iyun kuni Pekin shahrida Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Li Syuesyun bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi (XIFA) hamda manfaatdor o‘zbek hamkor tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.
Xususan, XIFA prezidenti Gao Syanning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Si Szinpin asarlari kutubxonasi ochilgani hamda Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi universiteti bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
Shuningdek, XIFAning Tarix instituti va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Huquq instituti hamda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilayotgani ma’lum qilindi.
Uchrashuv davomida Li Syuyesyun bilan tahliliy markazlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, ilmiy-ta’lim sohasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda davlat boshqaruvi yo‘nalishida kadrlarni birgalikda tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Gretsiya elchisi konsullik-huquqiy hamda mehnat migratsiyasi sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va OHICHK bosh kotibi tashkilotning institutsional rivojlanishi masalalarini muhokama qildilar


