Xitoydagi 7,0 magnitudali zilzila 16 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Oktabr 23, 2026. 11:30 • 2 daq
• 25
PЕKIN, 23-oktabr. /“Dunyo” AA/. Xitoyning janubi-g‘arbidagi Sitszan muxtor tumanida yuz bergan 7,0 magnitudali zilzila oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, yana 54 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Sinxua” axborot agentligiga tayanib.
Yerosti silkinishlari kecha Pekin vaqti bilan soat 22:33da (Toshkent vaqti bilan 19:33da) Nagchu shahar okrugining Bachen uyezdida sodir bo‘lgan. Juma kuni soat 07:00 holatiga ko‘ra, jabrlanganlardan 11 nafarining ahvoli og‘ir, qolgan 43 nafari esa yengil tan jarohati olgan.
Tabiiy ofat oqibatida 339 ta turar joy binosi qulab tushgan yoki shikastlangan. 12 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi, ayni paytda qidiruv-qutqaruv hamda yetkazilgan zararni baholash ishlari davom etmoqda.
Xitoy hukumati favqulodda vaziyatga munosabat bildirish darajasini oshirdi, hududiy xizmatlar esa favqulodda vaziyat rejimini ishga tushirdi. Ofat hududiga insonparvarlik yordami yuborildi.
Noqulay ob-havo sharoiti vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda: zilzila o‘chog‘i dengiz sathidan 4800 metrdan ziyod balandlikda joylashgan. Prognozlarga ko‘ra, yaqin uch kun ichida talafot ko‘rgan hududlarda havo harorati −9 darajadan pastga tushadi, zilzila o‘chog‘i yaqinida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi