O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

Iyun 24, 2026. 18:45 • 2 daq

64
O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

TOSHKЕNT, 24-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bugun bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash muhim ekanini ta’kidladilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, amaliy hamkorlik, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, ekologiya, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida yuqori sur’at bilan rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Barcha darajadagi faol almashinuvlar alohida e’tirof qilindi. Yetakchilar ikki mamlakat Prezidentlari Administratsiyalari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda sheriklik kun tartibini yangi loyiha va tashabbuslar bilan boyitishga xizmat qilayotgan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini olqishladilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish