Logo

O‘zbekiston Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash bo‘yicha vazifalar belgilanib olindi

Fevral 13, 2026. 19:00 • 7 daq

94
O‘zbekiston Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash bo‘yicha vazifalar belgilanib olindi

TOSHKENT, 13-fevral. /“Dunyo” AA/. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, yig‘ilish avvalida o‘tgan yilgi makroiqtisodiy natijalar qayd etildi. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmi 7,7 foizga o‘sib, 147 milliard dollardan oshdi. Iqtisodiy o‘sishning yarmidan ko‘pi xizmatlar hisobiga taʼminlandi. Qishloq xo‘jaligida gektaridan o‘rtacha daromad 4,5 mingdan 5 ming dollarga ko‘paydi, mehnat unumdorligi 4,7 foizga oshdi.

Iqtisodiyotga ilg‘or, energiya tejamkor texnologiyalar kirib kelayotgani hamda yuqori qo‘shilgan qiymat beradigan loyihalar ko‘payib borayotgani natijasida bir yil ichida bir dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratishga sarflangan energiya xarajatlari 15 foizga kamaydi.

Prezidentimiz 2026 yil uchun belgilangan ko‘rsatkichlarga to‘xtalib, 6,6 foizli iqtisodiy o‘sish orqali yalpi ichki mahsulot hajmini 167 milliard dollarga yetkazish rejasi geosiyosiy vaziyat va iqtisodiy tebranishlarni inobatga olgan holda shakllantirilgan ehtiyotkor prognoz ekanini taʼkidladi.

Shu bilan birga, har bir vazir, hokim va tarmoq rahbari sohasiga yangicha boshqaruv olib kirib, resurslardan samarali foydalansa, anʼanaviy eksport bozorlariga bog‘lanib qolmasdan yangi yo‘nalishlar ochsa, raqamlashtirish va sunʼiy intellekt bo‘yicha mutaxassislarni jamlab, innovatsiyalar kiritsa, yoshlarni jalb etib, “startap klub”lar tashkil etsa, iqtisodiy o‘sishni yana-da yuqori surʼatlarda taʼminlash uchun barcha imkoniyatlar borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda strategik korxonalar samaradorligi va xarajatlarni qisqartirish masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.

Milliy investitsiya jamg‘armasini boshqarishga jalb etilgan “Franklin Templeton” kompaniyasi tahliliga ko‘ra, korporativ madaniyatni kuchaytirish, logistika, raqamlashtirish va energiya samaradorligida katta zaxiralar mavjudligi qayd etildi. 19 ta strategik korxona rahbarlariga xarid tizimi, logistika, raqamlashtirish va energiya samaradorligi bo‘yicha keskin choralar ko‘rib, tannarxni 10-15 foizga qisqartirish vazifasi qo‘yildi.

– Iqtisod qilish rejasi ishlab chiqarishni kamaytirish hisobidan emas, balki mahsulot tannarxini qisqartirish orqali taʼminlanishi shart, – dedi Prezidentimiz.

Shuningdek, strategik korxonalarni “Yagona g‘aznachilik” axborot tizimi bilan qamrab olish, xaridlarni risk-tahlil asosida toifalash orqali samarasiz xarajatlarga chek qo‘yish muhimligi taʼkidlandi.

Hududiy sanoatni rivojlantirishdagi kamchiliklar keskin tanqid qilindi. Uch yilda respublika sanoati 21 foiz o‘sgan bo‘lsa-da, qator tumanlarda bu ko‘rsatkich 10 foizga ham yetmagani, ayrim hududlarda kredit resurslari va investitsiyalarning o‘sishi sanoat o‘sishiga mutanosib taʼsir ko‘rsatmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlariga 12 ta tumanga borib, bir oy joyida ishlash, ishlab chiqarishi pasaygan korxonalarni “oyoqqa turg‘azish” va ushbu tumanlarda sanoat o‘sishini taʼminlash vazifasi qo‘yildi.

Umuman, respublika sanoatini kamida 8,5 foizga o‘stirish bo‘yicha tarmoqbay va hududbay rejalarni tasdiqlash, birinchi chorak yakunida aniqlangan muammolar va ularning yechimiga qarab, rahbarlar faoliyatiga baho berish belgilandi.

Yurtimizda yiliga 650 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega 4 ta yirik korxona mavjudligi, bu yil 300 dan ziyod mahalliy korxonalar bilan kooperatsiya asosida yana 763 ta detal ishlab chiqarishni boshlash hamda avtomobil ishlab chiqarishni 510 mingtaga yetkazish zarurligi taʼkidlandi. Aholi talabini rag‘batlantirish maqsadida avtokredit stavkalarini pasaytirish va hajmini oshirish choralarini ko‘rish topshirildi.

Investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha yangi boshqaruv yondashuvlari belgilandi.

Joriy yil 50 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelish rejasi qo‘yilgani, yangi loyihalar birinchi navbatda yuqori qo‘shilgan qiymatli va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishga, resurslardan samarali foydalanish hamda yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi zarurligi taʼkidlandi.

Vazirlar va hokimlarga 2026 yilgi investitsiya dasturiga kiritilayotgan har bir loyihaning bozori, eksporti, qo‘shilgan qiymati va yaratadigan ish o‘rinlarini to‘liq tahlil qilish topshirildi.

Endilikda investitsiya loyihalari bilan ishlashda loyihani ishga tushirish bilan cheklanib qolmasdan, uning to‘liq ishlashi, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishi va tashqi bozorga chiqishi bo‘yicha ham qatʼiy nazorat o‘rnatiladi. Shu maqsadda dasturga kirgan har bir loyihani ishga tushgandan keyin uch yil davomida monitoring qiladigan “Yagona milliy loyiha boshqaruvi” platformasi yaratiladi.

O‘tgan yili turli tashkiliy muammolar sabab 55 ta yirik loyiha kechikkani qayd etilib, bu yil qiymati 165 milliard dollarlik 377 ta strategik loyiha alohida nazoratga olinishi belgilandi.

Shuningdek, xorijiy tashriflar doirasida 135 milliard dollarlik kelishuvlarga erishilgani, joriy yilning o‘zida Turkiya bilan 9 milliard, Pokiston bilan 1 milliard 428 million dollarlik investitsiya bitimlari imzolangani maʼlum qilindi.

Investitsiyalarning ko‘payishi hisobiga qurilish hajmini oshirish vazifasi qo‘yildi. Mutasaddilarga joriy yilgi qurilish hajmini 400 trillion so‘mga olib chiqib, sohada kamida 17 foiz o‘sishni taʼminlash topshirildi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi uchun byudjetdan 40 trillion so‘m ajratilayotgani qurilish, qurilish materiali, metallurgiya va elektrotexnika korxonalari uchun katta bozor ekani qayd etildi.

Shu bilan birga, hududlardagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari nazoratini kuchaytirish, Qoraqalpog‘iston, Samarqand va Farg‘onada buyurtmachi xizmatlariga tajriba tariqasida xususiy sektorni jalb qilish muhimligi taʼkidlandi.

Energiya samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha ham aniq ko‘rsatmalar berildi.

Kichik va o‘rta korxonalarning yillik energiya isteʼmoli kattaligi hisobga olinib, bu toifadagi korxonalarda energiya samaradorlik bo‘yicha yangicha tizim joriy etilishi va uch yillik dastur ишлаб чиқилиши белгиланди. 2026 йилда кичик ва ўрта корхоналарда 100 миллион куб метр газ ва 500 миллион киловатт-соат электрни тежаш чораларини кўриш муҳимлиги қайд этилди.

Шунингдек, республикадаги 917 мингта ёритиш чироқларининг йилига 330 миллион киловатт-соат электр сарфлаётгани ва кундуз куни ҳам ёниқ қолиш ҳолатлари учраётгани кўрсатилиб, ёритиш устунларига кичик қуёш панели, батарея ҳамда кун ёришишига қараб, ўзи ўчиб-ёнадиган датчик ўрнатишни бошлаш топширилди.

Йиғилишда давлат харидларида маҳаллий ишлаб чиқарувчилар улушини ошириш масаласига ҳам алоҳида эътибор қаратилди.

Қайд этилганидек, 300 триллион сўмлик давлат харидларида маҳаллий маҳсулотлар улуши 68 фоизга етган бўлса-да, Олмалиқ комбинати, “Ўзтрансгаз”, “Миллий электр тармоқлари”, “Uzbekistan Airports” ва “Ўзбекистон ҳаво йўллари” тизимларида бу кўрсаткич 40 фоизга ҳам етмаётгани кўрсатиб ўтилди. Шунингдек, тадбиркорлар давлат хариди, экспертиза ва сертификатлаш жараёнларида бюрократия кўплиги, айрим раҳбарлар эса “чет элники сифатлироқ” деган эски қарашдан ҳали ҳам воз кечмаётганини айтмоқда.

Энди вазирлар, тармоқ раҳбарлари ва ҳокимлар ҳар бир лойиҳада музокара, тендер, қурилиш ҳамда хомашё таъминотининг барча босқичларида маҳаллий маҳсулотлар улушини кўпайтиришга шахсан жавоб бериши белгиланди.

Иқтисодий ўсишни ташқи бозорлар ҳисобидан таъминлаш масаласи йиғилишнинг алоҳида йўналиши бўлди.

Президентимиз “ички бозордаги талабнинг ўзи билан юқори иқтисодий ўсишни таъминлаб бўлмаслиги”ни таъкидлаб, вазирлар, тармоқ раҳбарлари ва ҳокимларнинг асосий вазифаси янги маҳсулотлар билан янги бозорларга кириб бориш бўлиши зарурлигини қайд этди.

Ўтган йили экспорт 22 фоизга ўсиб, 24 миллиард долларга етган бўлса-да, кўп раҳбарлар экспортда эскича иш услубидан воз кеча олмаётгани мисоллар билан кўрсатиб ўтилди. Эндиликда экспорт бўйича талаб фақат ҳажм эмас, балки янги маҳсулот ва янги бозорлар бўйича ҳам бўлиши белгиланди.

Ички бозорда нарх-наво барқарорлигини таъминлаш, инфляцияга таъсир қилувчи омилларни олдиндан аниқлаб, амалий ечим топиш вазифалари ҳам белгилаб берилди.

Январь ойида йиллик инфляция 7,2 фоизни ташкил этгани, инфляциянинг 45 фоизи озиқ-овқат маҳсулотлари ҳисобига, айниқса, 13 фоизи гўшт нархи ҳисобидан шакллангани қайд этилди.

Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳузуридаги Тармоқ бозорлари ва меҳнат унумдорлиги марказига инфляция бўйича ички ва ташқи хатарларни олдиндан аниқлаб бориш, ҳар ҳафта туман ва шаҳар бозорларини таҳлил қилиш, талаб прогнозини шакллантириш ҳамда ҳар чоракда асосий озиқ-овқат маҳсулотлари балансини ишлаб чиқиш вазифаси юклатилди.

Кейинги ҳафтадан муборак Рамазон ойи бошланиши муносабати билан ички бозорларда нарх-наво барқарорлигини таъминлаш ҳар қачонгидан ҳам муҳим экани таъкидланиб, деҳқон бозорлари ва йирик савдо комплексларида арзонлашган озиқ-овқат ярмаркаларини бошлаш бўйича топшириқ берилди.

Қишлоқ хўжалигида ҳам нарх барқарорлигини таъминлаш ва аҳоли даромадларини оширишга қаратилган вазифалар кўрсатиб ўтилди.

Гўштда импортга қарамликни қисқартириш учун озуқа базасини мустаҳкамлаш зарурлиги қайд этилди. Муборак туманида 5 минг гектар ер фойдаланишга киритилиб, маккажўхори экиш бошлангани намуна сифатида келтирилди. Жорий йил қўшимча 60 минг гектарда шу ишларни ташкил қилиш топширилди. Бу орқали қўшимча 350 минг чорва учун кафолатланган озуқа базаси яратилиши таъкидланди.

Шунингдек, ўтган йили 772 минг тонна картошка импорт қилингани қайд этилиб, жорий йилда 4,5 миллион тонна картошка ҳосили олиш зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Келгуси ҳафтадан бошланадиган муборак Рамазон ойи олдидан деҳқон бозорлари ва йирик савдо комплексларида арзонлашган озиқ-овқат ярмаркаларини бошлаш бўйича топшириқ берилди.

Йиғилишда тармоқ ва ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботлари тингланди.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish