Hamyurtimizning ovozi San-Fransisko sahnalarida jaranglamoqda
Fevral 15, 2026. 10:00 • 42 soniya
• 85SAN-FRANSISKO, 15-fevral. /“Dunyo” AA/. AQShning San-Fransisko shahrida isteʼdodli hamyurtimiz Mumtozbegim Ochilova ishtirokida operetta namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda sanʼatkorimiz kompozitor Fransa Legarning “The Merry Widow” operettasidagi bosh partiya — Ganna Glavari rolini mahorat bilan ijro etdi.
Shaharning nufuzli sahnalaridan birida o‘tgan ushbu chiqish mahalliy madaniy hamjamiyat vakillari hamda AQShning g‘arbiy sohilida istiqomat qilayotgan o‘zbek diasporasi vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Ijrochining badiiy anʼanalarga va milliy estetikaga bo‘lgan ehtiromi tomoshabinlar eʼtiborini yana bir bor O‘zbekistonning boy madaniy merosiga qaratdi. Xalqaro akademik sahnalarda o‘zbek ijodiy muhitining yangi va yorqin vakillari paydo bo‘lishi hamda musiqiy teatr sohasida eʼtirofga erishishi mamlakatimizning ijobiy imijini mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi AQShning g‘arbiy sohilidagi vatandoshlar va jamoat birlashmalari bilan doimiy muloqotda bo‘lib, diaspora vakillarining madaniy tashabbuslarini izchil qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi


