O‘zbekiston Prezidenti Armaniston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
Oktabr 08, 2026. 18:25 • 2 daq
• 88
TOSHKЕNT, 8-oktabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Avazadagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston–Armaniston ko‘p qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Turli darajalarda faol aloqalar yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqinda ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi.
O‘zaro savdo hajmi ortib bormoqda, mamlakatimizda Armaniston sarmoyasi ishtirokida 80 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgan.
Qishloq xo‘jaligi, zargarlik, yengil sanoat, farmatsevtika, kimyo va turizm sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.
Bu borada Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarini samarali o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
Tomonlar xalqaro ahamiyatga molik masalalar va ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni ham muhokama qildilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi