O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi
Noyabr 05, 2026. 20:45 • 54 soniya
• 97
TOSHKЕNT, 5-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hamda Iordaniya Podshohi Abdulla II taklifiga binoan bugun Ostona shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, aeroportda O‘zbekiston yetakchisini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga, 6-noyabr kuni Prezidentimiz sun’iy intellekt sohasida xavfsizlikni ta’minlash, uning terroristik va ekstremistik maqsadlarda ishlatilishi bilan kurashish hamda yangi texnologik xatar va tahdidlarga qarshi turishda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi