O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxtiga keldi

May 29, 2026. 13:25 • 38 soniya

146
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxtiga keldi

TOSHKENT, 29-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, poytaxt aeroportida O‘zbekiston Prezidentini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari maqomida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish