O‘zbekiston Prezidenti AQSHning yirik investitsiya kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi
Iyul 07, 2026. 18:28 • 58 soniya
• 58
TOSHKENT, 7-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun “BlackRock” kompaniyasi direktorlar kengashi aʼzosi va katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda strategik sheriklikni, avvalo, yoqilg‘i-energetika sohasida yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Kompaniyaning O‘zbekistondagi loyihalari faol amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlatimiz rahbari “BlackRock” kompaniyasi bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Xususiylashtirish sohasida sheriklikni kengaytirish, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, moliya bozorini rivojlantirish, neft-kimyo tarmog‘idagi loyihalarni ilgari surish hamda sunʼiy intellekt texnologiyalariga qo‘shma investitsiya kiritish shular jumlasidan.
“BlackRock” aktivlar va jamg‘armalarni boshqarish hamda moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan yirik investitsiya kompaniyasidir. 2026-yilda kompaniya boshqaruvidagi aktivlar hajmi 14 trillion dollarga yetdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi