Amman shahrida O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Noyabr 24, 2026. 16:15 • 54 soniya
• 152
TOSHKЕNT, 24-noyabr. /“Dunyo” AA/. Amman shahridagi “Al-Husayniya” saroyida davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti va rafiqasini Podshoh Abdulla II ibn al-Husayn va Malika Raniya al-Abdulla samimiy kutib oldilar. Birgalikda suratga tushildi.
Oliy martabali mehmon sharafiga to‘plardan o‘q uzildi. Saroy oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi shohsupaga ko‘tarildilar. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar, so‘ng faxriy qorovul askarlari davlatimiz rahbari oldidan tantanali yurib o‘tdi.
Marosim yakunlangach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi