Qirg‘izistonda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Iyul 30, 2026. 14:46 • 46 soniya

106
Qirg‘izistonda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Qirg‘izistonda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Qirg‘izistonda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 30-iyul. /“Dunyo” AA/. Cho‘lponota shahridagi Chingiz Aytmatov nomidagi “Ruh Ordo” madaniyat markazida Qirg‘izistonda davlat tashrifb bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini bir-birlariga tanishtirdilar.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish