Logo

Muqaddas Ramazon oyida Moskvada vatandoshlar va o‘zbekistonlik talabalar uchun bayramona iftorlik o‘tkazildi

Mart 09, 2026. 09:10 • 2 daq

103

MOSKVA, 9-mart. /“Dunyo” AA/. 2026-yil 7-mart kuni O‘zbekiston elchixonasi Moskva Memorial masjidi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan vatandoshlarimiz va Rossiya poytaxtida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar uchun iftorlik tadbirini tashkil etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir doirasida bayramona iftorlik shaklidagi “O‘zbekiston oqshomi” bo‘lib o‘tdi. Unda 400 dan ortiq fuqarolarimiz, Buxoro shahridagi Xalifa Xudoydod masjidi imom-xatibi Odiljon Sadillolev va Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdi.

Tadbirni ochib bergan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov yurtdoshlarimizni muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan tabriklab, mamlakatimiz Rahbariyati nomidan samimiy salom va eng yaxshi tilaklarini yetkazdi.

Botirjon Asadov o‘z nutqida Prezidentimiz tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan “Ramazon - mehr-oqibat, birlik va shukronalik oyi” tashabbusi doirasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Mehmonlarga O‘zbekistonning boy tarixi va o‘zbek xalqining buyuk ajdodlarining jahon ilm-fani va madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirning madaniy-ma’rifiy dasturda Yangi O‘zbekistonda, jumladan, diniy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar va islohotlarning mazmuni va ahamiyatini ochib beruvchi videolar namoyish etildi.

Rossiya tomoni O‘zbekistonda dinlararo muloqot va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan diniy siyosatining mintaqada barqarorlik va xavfsizlikning muhim omili ekanligini alohida ta’kidladi.

Iftor ishtirokchilari o‘z navbatida mamlakatimiz Prezidenti va hukumatiga xorijdagi har bir vatandoshlarga ko‘rsatilayotgan yuksak g‘amxo‘rlik va e’tibor uchun chuqur minnatdorchilik bildirdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish