Logo

O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari mintaqadagi keskinlikni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilishga intilishi mushtarak ekanini ta’kidladi

Mart 07, 2026. 21:40 • 1 daq

193
O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari mintaqadagi keskinlikni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilishga intilishi mushtarak ekanini ta’kidladi

TOSHKENT, 7-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Istanbulda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xaqan Fidan bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Istanbuldagi norasmiy uchrashuvi doirasida hamkasbim, Turkiya tashqi ishlar vaziri Xakan Fidan bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Yaqin Sharqdagi vaziyat va uning mintaqaviy oqibatlari yuzasidan fikr almashdik.

Tinchlik va barqarorlikni ta’minlash manfaatlari yo‘lida mintaqadagi ziddiyatni muloqot va diplomatiya orqali hal etishga bo‘lgan umumiy sadoqatimizni tasdiqladik.

Shuningdek, joriy yil yanvar oyida O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida bo‘lib o‘tgan Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining 4-yig‘ilishida erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga qat’iy tayyorligimizni bildirdik”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish