Meksikadagi xalqaro festivalda O‘zbekiston madaniyati namoyish qilindi

Iyun 16, 2026. 16:00 • 2 daq

92
Meksikadagi xalqaro festivalda O‘zbekiston madaniyati namoyish qilindi
Meksikadagi xalqaro festivalda O‘zbekiston madaniyati namoyish qilindi
Meksikadagi xalqaro festivalda O‘zbekiston madaniyati namoyish qilindi
Meksikadagi xalqaro festivalda O‘zbekiston madaniyati namoyish qilindi

MЕXIKO, 16-iyun. /“Dunyo” AA/. Meksika poytaxtidagi “Global Village” pavilonida O‘zbekistonning turizm va madaniy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizm qo‘mitasi hamda mamlakatimizning AQSHdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan minglab mehmonlar va futbol muxlislariga yurtimizning boy tarixi, madaniy merosi, milliy qadriyatlari hamda zamonaviy turizm imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Pavilonda milliy cholg‘u asboblari, xalq raqslari, hunarmandchilik namunalari va milliy liboslar kolleksiyasi namoyish qilindi.

Shuningdek, tashrif buyuruvchilarga O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibi, jamoaning xalqaro maydondagi ishtiroki, mamlakatimizda futbol sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda jahon chempionatidagi ishtirokining ahamiyati haqida so‘zlab berildi.

Bundan tashqari, elchixona va FIFA media jamoasi hamkorligida tadbirni federatsiyaning rasmiy axborot platformalari va ijtimoiy tarmoqlarida yoritish maqsadida maxsus videoreportaj tayyorlandi.

FIFA media vakillarining ta’kidlashicha, O‘zbekiston paviloni festivalning eng faol va ko‘p tashrif buyurilayotgan nuqtalaridan biriga aylangan.

Mexiko shahrida “FIFA” Xalqaro “Fan Festival” dasturi doirasida O‘zbekistonning madaniy merosi va turizm salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan qator chiqishlar, taqdimotlar va madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish