O‘zbekiston Prezidenti kelgan Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbarini qabul qildi 

Iyun 16, 2026. 19:25 • 2 daq

6
O‘zbekiston Prezidenti kelgan Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbarini qabul qildi 

TOSHKЕNT, 16-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyevni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston yetakchisiga Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasida savdo-iqtisodiyot, transport, suv-energetika sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar dasturlar va hududlararo almashinuvlarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zaro hamkorlik va bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar kun tartibini boyitish maqsadida Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlari davomida hamda boshqa sheriklik mexanizmlari doirasida yangi loyiha va tashabbuslarni ishlab chiqish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish