Maskatda onasi tashlab ketgan bolakay yurtimizga qaytarildi
Dekabr 25, 2025. 11:47 • 54 soniya
• 487
MASKAT, 25-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Maskatdagi suriyaliklar xonadonida hech qanday hujjatlarsiz qoldirib ketilgan, 2023-yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik bolakayga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu bola tug‘ilganida uning onasi tomonidan tug‘ruqxonaga nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma taqdim etilmagani sababli, chaqaloqqa hech qanday hujjat rasmiylashtirishning imkoni bo‘lmagan. Qolaversa, bolaning onasiga nisbatan O‘monda jinoiy ish ochilgani bois, u tug‘ruqxonani yashirincha tark etgan.
O‘z navbatida, ona bolasining suriyalik oilaga vaqtincha qarab turish bahonasi bilan qoldirib, O‘zbekistonga qochib ketgan. Suriyalik oila bolaga o‘z farzandidek munosabatda bo‘lib, ikki yil davomida parvarishlagan. Hozirgi vaqtda Suriyada tinchlik o‘rnatilgani sababli, ular o‘z vatanlariga qaytishga qaror qilgan. Shu sababli, Suriya fuqarolari bolani O‘zbekiston elchixonasiga topshirib, o‘z vataniga ketgan.
2023-yilda O‘mondan O‘zbekistonga qochib ketgan ona boshqa qilgan jinoyatlari uchun 2024 yilda O‘zbekistonda hibsga olinib, hozirda jazo muddatini o‘tamoqda.
Elchixona tomonidan bolaning hujjatlarini to‘g‘rilash maqsadida O‘monning tegishli idoralari olib borilgan muzokaralar natijasida vatandoshimizga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirildi. 18-dekabr kuni bola elchixona xodimi hamrohligida Maskat–Dubay, Dubay–Toshkent yo‘nalishida O‘zbekistonga qaytarilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Britaniyada o‘zbek talabalari o‘rtasida “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri o‘tkazildi
Og‘ir ahvolga tushib qolgan hamyurtlar vatanga qaytarildi
O‘zbekistonlik talaba xalqaro tanlov sovrindori bo‘ldi
Italiyada ilk bor “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi
Turkiyadagi yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi