Kaliningraddagi xalqaro festivalda o‘zbek milliy madaniyati namoyish qilindi
Iyul 30, 2026. 16:30 • 59 soniya
• 128
KALININGRAD, 30-iyul. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning Kaliningrad shahrida “Xalqlar simfoniyasi” nomli festival tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu madaniy-maʼrifiy tadbir mintaqada istiqomat qiluvchi 140 ga yaqin millat va elat vakillarini bir maydonga jamladi. Festival dasturidan milliy-madaniy avtonomiyalarning ko‘rgazma-taqdimotlari o‘rin oldi. Unda xalqlarning anʼanaviy hunarmandchilik namunalari, milliy taomlari hamda konsert dasturi namoyish etildi.
Festivalda vatandoshlarimiz tomonidan tashkil etilgan ekspozitsiya ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Stendda O‘zbekistonning boy madaniy merosi namunalari — milliy sopol va mis idishlar, musiqa asboblari hamda milliy liboslar namoyish etildi.
Ushbu namoyish mehmonlarga mamlakatimizning boy urf-odatlari va anʼanalari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Ko‘rgazma ishtirokchilariga o‘zbek milliy shirinliklari va taomlari ulashildi.
Vatandoshlarimizning ushbu festivaldagi faol ishtiroki Kaliningrad viloyatida millatlararo do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga o‘zbek jamoasi qo‘shayotgan munosib hissani yana bir bor namoyon etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi