Buxoro va Mogilyov viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Avgust 01, 2026. 11:00 • 46 soniya
• 184MOGILYOV, 1-avgust. /“Dunyo” AA/. Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Belarusning Mogilyov viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Anatoliy Isachenko bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda Buxoro va Mogilyov viloyatlari o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar chog‘ida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat hamda turizm sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Muloqot yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni izchil amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


