UEFA FIFAning barcha turnirlarini boykot qilishi mumkin
Iyul 31, 2026. 15:00 • 2 daq
• 175
TOSHKENT, 31-iyul. /“Dunyo” AA/. Agar FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionati huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish rejasidan voz kechmasa, Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) barcha turnirlarini boykot qilishga qaror qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Germaniyaning “Deutsche Welle” radiostansiyasining xabar berishicha, UEFAning barcha 55 aʼzosi FIFAning turnir huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish bo‘yicha avval eʼlon qilingan rejalariga norozilik belgisi sifatida jahon chempionatini boykot qilishni qo‘llab-quvvatlagan.
30-iyul kuni Yevropaning barcha 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi ishtirokida o‘tkazilgan shoshilinch yig‘ilishda, agar Infantino o‘z rejasini – jahon chempionati huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotishni amalga oshiradigan bo‘lsa, FIFAning barcha turnirlarini boykot qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
“Taklif to‘liq qaytarib olinsa hamda tashkilot bundan buyon xususiy mulkdorlarning FIFA yoki uning turnirlarini boshqarishiga hech qachon yo‘l qo‘ymasligi haqida qonuniy kafolatlar taqdim etsagina, Yevropa terma jamoalari musobaqalarda ishtirok etadi”, deya aniqlik kiritgan “Deutsche Welle” UEFAga tayanib.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi