Kvak Yon Gil: Koreya Respublikasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va mustahkam hamkorlik bundan-da yuksalsin

Avgust 20, 2026. 15:30 • 2 daq

112
Kvak Yon Gil: Koreya Respublikasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va mustahkam hamkorlik bundan-da yuksalsin

SEUL, 20-avgust. /“Dunyo” AA/. Koreya Respublikasi “Aju News” mediakorporatsiyasi raisi Kvak Yon Gil mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi.

– O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sizlarni qutlash men uchun katta sharaf.

O‘zbekiston xalqini ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Mamlakatga tinchlik, xotirjamlik, farovonlik va yangi muvaffaqiyatlar tilayman.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘z davlatchiligi, iqtisodiy salohiyati va xalqaro nufuzini izchil mustahkamlab, taraqqiyot yo‘lida salmoqli natijalarga erishdi. Bugun O‘zbekiston Markaziy Osiyoda tobora muhim o‘rin egallab, dunyo mamlakatlari bilan munosabatlarni faol rivojlantirmoqda.

Ayniqsa, Janubiy Koreya O‘zbekiston va o‘rtasidagi munosabatlarning jadal rivojlanayotganini alohida taʼkidlash lozim. Mamlakatlarimizni nafaqat o‘zaro hurmat va ishonch, balki iqtisodiyot, investitsiyalar, taʼlim, innovatsiyalar, madaniyat va insonlararo aloqalar kabi sohalardagi mushtarak manfaatlar birlashtirib turadi.

Koreya Respublikasi media hamjamiyati vakili sifatida ommaviy axborot vositalari xalqlar o‘rtasida o‘zaro anglashuvni mustahkamlashda alohida o‘rin tutadi, deb hisoblayman. Shu bois, O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida qiziqish va hurmat bilan qarayman. Bunday tashabbuslar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston – Janubiy Koreya hamkorligining izchil rivojlanishi mamlakatlarimiz uchun yana-da ko‘p imkoniyatlar yaratib, kelajak avlodlar uchun yangi istiqbollarni ochishiga ishonaman.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasiga ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, Koreya Respublikasi ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratayotgan eʼtibori va faol saʼy-harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

O‘zbekiston xalqiga farovonlik, tinchlik va osoyishtalik yor bo‘lishini tilayman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va mustahkam hamkorlik bundan-da yuksalsin.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish