Chen Chjonbey: O‘zbekiston xalqaro maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlayapti
Avgust 20, 2026. 10:30 • 2 daq
• 123
GUANCHJOU, 20-avgust. /“Dunyo” AA/. Xitoyning “Fujian Wangda Group” kompaniyasi raisi Chen Chjonbey mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi:
– O‘zbekistonning ishonch bilan rivojlanib, biznes va investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratayotganini katta ishtiyoq bilan kuzatib bormoqdamiz.
Kompaniyamiz yurtingiz bilan hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarni kuzatib, ikki tomonlama manfaatli o‘zgarishlarga guvoh bo‘layapmiz.
Bu islohotlar nafaqat xalqaro hamkorlar va investorlarning ishonchini mustahkamlash, balki sanoat, savdo, investitsiya, infratuzilmani barpo etish va texnologik hamkorlik sohalarida ham birgalikda ishlash uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.
Biz o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan sherikligimizni yuksak qadrlaymiz. Kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishi va farovonligiga o‘z hissamizni qo‘shish niyatidamiz.
Islohotlar va ochiqlik siyosatining izchil davom ettirilishi tufayli O‘zbekiston xalqaro maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlayapti. O‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari esa yanada kengaymoqda.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tilayman.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanib, yangi bosqichga ko‘tarilaversin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi