Syuy Yunszu: Xitoy va O‘zbekiston hamkorligi ko‘plab samarali natijalarni bermoqda
Avgust 08, 2026. 14:30 • 2 daq
• 79
PEKIN, 8-avgust. /“Dunyo” AA/. “Lookwe” nashri direktori va Butunjahon xitoy diplomatlari uyushmasi bosh kotibi Syuy Yunszu O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali o‘zining samimiy tabrik va ezgu tilaklarini yo‘lladi.
– So‘nggi yillarda nashrimiz O‘zbekiston iqtisodiyoti va savdosiga bag‘ishlangan ko‘plab maxsus sonlarni, do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlar rivojiga doir materiallarni eʼlon qildi.
Nashrimizda mamlakatlar o‘rtasidagi milliy va gumanitar aloqalar, O‘zbekistonning muhim sarmoyaviy loyihalari, imtiyozli siyosati va qo‘llab-quvvatlash choralari haqidagi maqolalar yoritib kelinmoqda.
Aytishim lozimki, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston boy sayyohlik salohiyatiga ega ekanini qayd etish lozim. Barcha xitoylik o‘quvchilarga mamlakatingizga tashrif buyurishni faol tavsiya qilamiz.
Bugungi kunda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Har tomonlama strategik sherikligimiz ayni paytda yuqori darajada. Rahbarlarimizning oqilona boshqaruvi tufayli chuqur siyosiy o‘zaro ishonch shakllandi, iqtisodiyot va savdo sohasidagi hamkorlik esa ko‘plab samarali natijalar bermoqda.
Bilishimcha, 5000 dan ortiq Xitoy kompaniyasi O‘zbekistondagi iqtisodiy va savdo faoliyatida faol ishtirok etib, ajoyib natijalarga erishmoqda. Ishonchim komilki, kelajakda mamlakatlarimiz uchun yana yangi imkoniyatlar ochiladi va hamkorligimiz yana-da samarali bo‘ladi.
“Lookwe” nashri va shaxsan o‘z nomimdan mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga farovonlik, tinchlik va baxt-saodat tilayman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi