Sun Lisze: O‘zbekiston modernizatsiya yo‘lidan dadil ilgarilamoqda

Avgust 07, 2026. 19:30 • 2 daq

131
Sun Lisze: O‘zbekiston modernizatsiya yo‘lidan dadil ilgarilamoqda

PEKIN, 7-avgust. /“Dunyo” AA/. Xitoyning mamlakatimizdagi sobiq elchisi Sun Lisze O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi.

– Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatingizda barcha sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakat modernizatsiya yo‘lidan ishonch bilan oldinga intilmoqda, Yangi O‘zbekiston bunyod etilmoqda.

Munosabatlarimiz yangi bosqichga ko‘tarildi – biz har qanday sharoitda ham hamkorlik qiladigan strategik sheriklarga aylandik.

Infratuzilma va energetikaning anʼanaviy tarmoqlaridagi samarali hamkorlikni davom ettirish barobarida raqamli iqtisodiyot, “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, logistika va boshqa sohalardagi o‘zaro aloqalar ham kengaymoqda.

Samarqand va Toshkentdagi Konfutsiy institutlari faoliyati, qo‘shma arxeologik tadqiqotlar va qadimiy yodgorliklarning restavratsiyasi, Samarqanddagi “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, anʼanaviy “Baxtli Xitoy” festivali va boshqa tadbirlar xalqlarimiz o‘rtasidagi anʼanaviy do‘stlik va maʼnaviy yaqinlik rishtalarini sezilarli darajada mustahkamladi.

O‘zbekistonga bundan keyin ham farovonlik tilayman. Xitoy va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari abadiy bo‘lsin!

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish