O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Magadan viloyatida vatandoshlarning mehnat va yashash sharoitlarini o‘rgandi

May 09, 2026. 13:00 • 2 daq

110
O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Magadan viloyatida vatandoshlarning mehnat va yashash sharoitlarini o‘rgandi
O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Magadan viloyatida vatandoshlarning mehnat va yashash sharoitlarini o‘rgandi
O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Magadan viloyatida vatandoshlarning mehnat va yashash sharoitlarini o‘rgandi
O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Magadan viloyatida vatandoshlarning mehnat va yashash sharoitlarini o‘rgandi

MAGADAN, 12-may. /“Dunyo” AA/. Vatandoshlar holidan xabar olish, konsullik-huquqiy qabullar o‘tkazish hamda ish beruvchilar bilan uchrashuv va muzokaralar olib borish maqsadida O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari Rossiyaning Magadan viloyatiga xizmat safarini amalga oshirdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Safar davomida Magadan shahrida turar va turar bo‘lmagan binolar qurilishi, oltin qazib olish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi “Stroy Texno Standart”, “Legion” va “Noviy Debin” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, korxona rahbarlari bilan alohida muloqotlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda hamyurtlar holati o‘rganilib, ularning ish sharoiti, yashash joylari, umumiy ovqatlanish imkoniyatlari hamda ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Vatandoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi. Ularga ekstremistik va terrorchilik tashkilotlaridan uzoq bo‘lish, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni saqlash, shuningdek, o‘zbek madaniyati va qadriyatlarini targ‘ib etish tavsiya etildi.

Ish beruvchi korxonalar rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va turli sohalarda malakali ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj haqida maʼlumotlar olindi. Shu asosda ushbu bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida O‘zbekiston Migratsiya agentligi hamda xususiy bandlik agentliklari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv loyihasi va zarur hujjatlar ro‘yxati taqdim etildi.

Magadan viloyatidagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zbek tili va madaniyatini targ‘ib qilish hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi. Shu maqsadda “O‘zbekiston” nomli o‘zbek jamoat tashkiloti rahbariyati hamda faol vatandosh xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha 2026 yil uchun hamkorlik rejasi tasdiqlanib, vatandoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va profilaktika ishlarini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish