Rossiya OAV: O‘zbekiston bilan munosabatlar oliy darajadagi ishonchga asoslangan
Iyun 01, 2026. 13:55 • 2 daq
• 47MOSKVA, 1-iyun. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari — “Vedomosti” gazetasi, “Interfaks” va “RIA Novosti” axborot agentliklari O‘zbekiston Prezidentining Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishidagi ishtiroki hamda o‘zbek-rus ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarining bugungi holatiga bag‘ishlangan turkum materiallarni chop etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bayonotlariga tayanib tarqatilgan ushbu maqolalarda, rasmiy Moskva O‘zbekistonni o‘zining o‘ta yaqin va ishonchli strategik sherigi sifatida ko‘rishi alohida urg‘ulangan. Rossiya tomoni ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo-investitsiyaviy va chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan gumanitar sohalardagi hamkorlik rivojini yuqori baholamoqda.
Shuningdek, maqolalarda ko‘p tomonlama integratsiya jarayonlari, xususan, O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) bilan kuzatuvchi davlat maqomidagi izchil aloqalari tahlil qilingan.
Qayd etilishicha, YEOIIga aʼzo barcha davlatlar Toshkentning ushbu tashkilot bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratayotgan eʼtiborini nihoyatda ijobiy qabul qilmoqda. Ittifoq doirasidagi iqtisodiy integratsiya har bir ishtirokchi davlatning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) o‘sishiga va qo‘shimcha iqtisodiy dividendlar olinishiga xizmat qiluvchi o‘zaro manfaatli jarayondir.
Rossiyalik siyosiy kuzatuvchilar va matbuot nashrlari ikki davlat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan siyosiy muloqotlariga to‘xtalar ekan, joriy yilning 22-may kuni bo‘lib o‘tgan samarali telefon muloqoti hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 8-may kuni Moskva shahriga amalga oshirgan mazmunli ishchi tashrifini alohida eʼtirof etganlar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

“Echo Świdwina” gazetasi: O‘zbekiston – tarixiy meros va zamonaviy islohotlar uyg‘unligida taraqqiy etmoqda






