Logo

O‘zbekiston va Fransiya ta’lim va ilm-fan dasturlarini birgalikda moliyalashtirishga kelishib oldi

May 10, 2026. 10:00 • 2 daq

160
O‘zbekiston va Fransiya ta’lim va ilm-fan dasturlarini birgalikda moliyalashtirishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Fransiya ta’lim va ilm-fan dasturlarini birgalikda moliyalashtirishga kelishib oldi

PARIJ, 10-may. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailovaning ushbu davlatga xizmat safari amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tashrif doirasida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida oliy ta’lim, ilm-fan hamda kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator muhim uchrashuvlar o‘tkazildi.

Safar davomida Fransiyadagi ta’lim sohasida yetakchi hisoblangan “Campus France” agentligi bilan samarali muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, Fransiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari – Sciences Po, École Nationale de l’Aviation Civile (ENAC), HEC Paris, CESI École d’Ingénieurs hamda qator nufuzli universitet va ilmiy markazlar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvlarda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim sifatini oshirish va xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. O‘zbekistonlik talabalarning Fransiyaning nufuzli universitetlarida tahsil olish imkoniyatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralar davomida ta’lim va ilmiy dasturlarni qo‘shma moliyalashtirish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlari va akademik almashinuvlarni rivojlantirish, shuningdek muhandislik, davlat boshqaruvi, aviatsiya, tibbiyot, sun’iy intellekt va madaniyat sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish