Logo

TIVda Isroil elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Mart 10, 2026. 21:10 • 40 soniya

164
TIVda Isroil elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 10-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev kecha Isroil elchisi Gideon Lustig bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari, shuningdek, dolzarb mintaqaviy masalalar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish