Piter Flenagan: O'zbekiston allaqachon Markaziy Osiyoning sarmoyaviy xaritasida markaziy o'rinni egallab turibdi
Iyun 14, 2025. 14:44 • 2 daq
• 81
TOSHKENT, 14-iyun./"Dune" AA/. "FLSmidth Inc" kompaniyasining kapital uskunalarni sotish bo'limi boshlig'i Piter Flenagan "Dunyo" AA uchun intervyusida 9-12-iyun kunlari poytaxtimizda bo'lib o'tgan to'rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

- Men "FLSmidth Inc" kompaniyasida kapital uskunalarning global savdosi uchun mas'ulman va ushbu forumning ahamiyati bilan bir qatorda uning bizning faoliyatimiz uchun muhimligini ham qayd etmoqchiman. Markaziy Osiyo, ayniqsa, O'zbekiston biz uchun strategik muhim mintaqalardir. Bu yerda bir qator loyihalarni amalga oshirib, foydali qazilmalarni, jumladan, muhim foydali qazilmalarni qayta ishlash uchun kompleks texnologik uskunalar yetkazib beramiz. O'zbekiston, bizningcha, tog'-metallurgiya sohasida yuqori o'sish salohiyatiga ega. Ushbu omil bizning bu yerda mavjudligimizni nafaqat dolzarb, balki juda istiqbolli qiladi.
Soha faol rivojlanayotgani, joylarda mutaxassislarning yuqori kasbiy mahorati va yangi texnologiyalarni joriy etishga katta qiziqish bildirilayotganini ko'ryapmiz. Bularning barchasi uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratadi. Ishonchimiz komilki, yaqin 5-10 yil ichida O'zbekiston foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash bo'yicha ajoyib o'sishni namoyish etadi va biz bu jarayonning bir qismi bo'lishga intilamiz.
O'zbekiston Markaziy Osiyoning sarmoyaviy xaritasida markaziy o'rinni egallab turibdi. Toshkent qulay joylashgan va mintaqadagi barcha mamlakatlarga chiqish imkonini beruvchi logistika va biznes markazidir.
O'zbekiston hukumati tomonidan so'nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarni ham ijobiy baholaymiz. Ular investitsiya jozibadorligini oshirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan. Biz kabi xalqaro kompaniyalar uchun bu mamlakatning hamkorlik va taraqqiyotga ochiqligini tasdiqlovchi muhim signaldir. Shuningdek, mahalliy kadrlarning tayyorgarligi, ularning kasbiy faolligi yuqori saviyadagi muvaffaqiyatlarning muhim omili deb bilamiz. Bu kelajakdagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ishonch bag'ishlaydi.
Bir so'z bilan aytganda, O'zbekiston nafaqat yuqori salohiyatga ega bozor, balki uzoq muddatli ishonchli hamkordir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Stefan Krayevskiy: O‘zbekiston Polshaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori
Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo: muhim strategik loyihalar amalga oshirilmoqda