Logo

Timoti Smart: Sakkiz yillik islohotlar O'zbekiston o'z mavqeini mustahkamlash yo'lidagi ta'sirchan yo'lni namoyish etdi

Mart 22, 2025. 07:40 • 40 soniya

132
Timoti Smart: Sakkiz yillik islohotlar O'zbekiston o'z mavqeini mustahkamlash yo'lidagi ta'sirchan yo'lni namoyish etdi

TOSHKENT, 21-mart./"Dunyo" AA/. Navro'z bayramiga bag'ishlangan tadbirda ishtirok etgan Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart "Dunyo" AA uchun intervyusida o'zbek xalqini ushbu bahor ayyomi bilan tabrikladi:

– Bu yerda bo'lish va Navro'z bayramini, ayniqsa, shunday ajoyib davrda nishonlash men uchun katta sharafdir. Sakkiz yillik islohotlar O'zbekiston o'z mavqeini mustahkamlash yo'lidagi ta'sirchan yo'ldan dalolat beradi. Mamlakat jahon sahnasiga qanday ishonch bilan kirib kelayotgani, butun Markaziy Osiyo mintaqasiga naf keltirayotgani kishini hayratga soladi. Ayniqsa, O'zbekistonning ta'lim va madaniyat sohasidagi yutuqlari e'tiborga loyiq.

Yilning eng sevimli bayrami – Navro'zni shu yerda, go'zal Yangi O'zbekistonda Prezident va diplomatik hamjamiyat bilan birgalikda nishonlash katta sharafdir. Bu voqea, shubhasiz, diplomatik taqvimdagi eng muhim bosqichlardan biridir.

Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin!

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish