Logo

O'zbekistonda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar Kuvaytga eksport qilinadi

Iyun 18, 2024. 11:50 • 43 soniya

282
O'zbekistonda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar Kuvaytga eksport qilinadi

AL-KUVAYT, 19-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvaytning "Star Fruit Co. for foodstuffs, vegetables and fruits" kompaniyasiga tashrif buyurdi va bosh direktor Abdurahmon Surur bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekistondan Kuvaytga meva-sabzavotlar eksportini kengaytirish yo'nalishidagi hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Abdurahmon Sururning aytishicha, ikki hafta davomida O'zbekistondan gilos, o'rik, shaftoli kabi 2,1 tonna mevalar sotib olingan. Mazkur ho'l mevalar O'zbekiston kompaniyalari tomonidan "FlyDubai" va "Turkish Airlines" aviakompaniyalarining reyslari orqali Kuvaytga yetkazib berilgan. Kuvayt tomoni Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi "S-Agro Termiz orchards" va Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi "National Agroforte" kompaniyalari bilan ushbu yo'nalishdagi hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanini bildirdi.

"Gilos va shaftoli mevalari mavsumiy ekanligini inobatga olib, keyinchalik O'zbekistondan tarvuz va qovun kabi poliz mahsulotlarini ham eksport qilish rejalashtiryapmiz", dedi Abdurahmon Surur.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish