Logo

"UEW-2025" – barqaror energiya uchun mintaqaviy hamkorlik

May 12, 2025. 14:20 • 2 daq

737
"UEW-2025" – barqaror energiya uchun mintaqaviy hamkorlik

TOSHKENT, 12-may. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 13-15-may kunlari Toshkent shahridagi "CAEx Uzbekistan"da mamlakat yoqilg'i-energetika kompleksining asosiy kongress va ko'rgazma tadbiri – O'zbekiston energetika haftaligi ("UEW-2025") bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirlar "Iteca Exhibitions" kompaniyasi va uning "ICA Eurasia Group" va Congresses of Central Asia – CCA" kabi sheriklari tashkilotchiligida O'zbekiston Energetika vazirligi va "O'zbekneftgaz" AJ, O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo'mitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko'magida tashkil etilmoqda.

Haftalik "O'zbekiston neft va gazi – "OGU-2025" 27-yillik yubiley xalqaro ko'rgazma va konferensiyasi, "Energiya, energiya tejash, yadroviy muqobil energiya manbalari – "Power Uzbekistan - 2025" 18-xalqaro ko'rgazmasi, "Yashil energiya tejovchi texnologiyalar – GETCA 2025" ixtisoslashtirilgan bo'limi, 5-Xalqaro energetika konferensiyasi, "G2B" va "V2V" uchrashuvlari, ko'rgazma maydonlarida taqdimot sessiyalar va "Youth Energy Congress" yoshlar energetika kongressi shiori ostidagi bir qator tadbirlarni o'z ichiga oladi.

Ko'rgazma va konferensiyalar bozorning barcha ishtirokchilari, shuningdek, davlat organlari va O'zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari o'rtasida samarali muloqotlar uchun muhim maydoni bo'lib xizmat qiladi.

Uch kun davomida yoqilg'i-energetika sanoatining barcha yo'nalishlaridagi yetakchi yetakchi kompaniyalar bir maydonda yig'ilib, sohaning barcha yo'nalishlaridagi texnologik yutuqlarni namoyish etadilar.

Ayni paytda 32 davlatdan 90 ta spiker va 1420 delegat, 420 kompaniya va brendlar Energiya haftaligida ishtirok etishini tasdiqladi. Ular orasida Avstriya, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Daniya, Hindiston, Eron, Italiya, Qozog'iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirg'iziston, Litva, Malayziya, Niderlandiya, Monako, Qirg'iziston, Litva, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Slovakiya, AQSH, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, O'zbekiston, Fransiya, Yaponiya bor. Shuningdek, Germaniya va Turkiya kompaniyalarining milliy hamda Belarus, Italiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya kompaniyalarining jamoaviy ishtiroki rejalashtirilgan.

"Energiya haftaligi-2025" O'zbekiston energetika bozoriga xorijiy sarmoyadorlar va texnologiya kompaniyalarining doimiy qiziqishini namoyish etadi. Barqaror texnologiyalarga e'tibor kuchaygan holda, tadbir Markaziy Osiyodagi asosiy energiya platformasi sifatidagi mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish