Logo

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyaning “JOGMEC” va “ITOCHU” tashkilotlari rahbarlarini qabul qildi

Dekabr 19, 2025. 18:01 • 46 soniya

113
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyaning “JOGMEC” va “ITOCHU” tashkilotlari rahbarlarini qabul qildi

TOSHKENT, 19-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Yaponiyaning “JOGMEC” va “ITOCHU” tashkilotlari rahbarlari Ichiro Takaxara va Djun Inomatani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, hamkorlikni yana-da kengaytirish va Yaponiyaning eng ilg‘or texnologiyalarini qo‘llagan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

“JOGMEC” “ITOCHU Corporation” bilan birgalikda Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi uran konlarini o‘zlashtirishda ishtirok etayotgani yuqori baholandi. Kompaniyalarning mamlakatimiz hududlaridagi istiqbolli konlardan qimmatbaho metallarni qazib olish rejalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va “ITOCHU” korporatsiyasi mashinasozlik, geologiya va infratuzilma sohalarida ko‘p yillik hamkorlik tajribasiga ega. Yaponiyaga o‘ta muhim minerallarni eksport qilish bo‘yicha uzoq muddatli kelishuvlarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Suvni tozalash, avtomobilsozlik, havo harakatini boshqarish tizimini modernizatsiya qilish hamda ijtimoiy sohada davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish kabi hamkorlikning yangi yo‘nalishlariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish