Demokratik partiyadan nomzod Li Chje Myon Janubiy Koreyadagi prezidentlik saylovlarida g'alaba qozondi
Iyun 04, 2025. 11:00 • 44 soniya
• 178
TOSHKENT, 4-iyun. /"Dunyo" AA/. Koreya Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko'ra, ovozlarning 100 foizi sanalgandan so'ng, Demokratik partiyadan nomzod Li Chje Myon prezidentlik saylovlarida g'alaba qozondi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"RIA Novosti"ning yozishicha, Li Chje Myon 49,42 foiz, uning "Fuqarolik kuchi" partiyasidan raqibi Kim Mun Su 41,15 foiz, Islohotlar partiyasidan Li Chjun Suk esa 8,34 foiz ovoz oldi. Mehnat demokratik partiyasidan Kvon Yong Guk 0,98 foiz, mustaqil nomzod Son Chjin Xo esa 0,1 foiz ovozni qo'lga kiritdi.
Avvalroq, 94 foiz ovozlar sanab bo'lingandan so'ng, Janubiy Koreya OAVlari g'alaba Li Chje Myonga nasib qilishi mumkinligini xabar qilgan edi. Uning asosiy raqibi, "Fuqarolik kuchi" partiyasidan konservativ nomzod Kim Mun Su mag'lubiyatini rasman tan oldi va Li Chje Myonni g'alabasi bilan tabrikladi.
"Yonhap News Agency" saytidan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi