Lissabonda funikulyor relsdan chiqib ketishi natijasida 15 kishi halok bo'ldi
Sentabr 04, 2025. 10:15 • 53 soniya
• 299
LISSABON, 4-sentabr. /"Dunyo" AA/. Portugaliyada poytaxtning asosiy sayyohlik joylaridan biri bo'lgan 140 yillik "Gloriya" funikulyorining relsdan chiqib ketishi natijasida 15 kishi halok bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Portugaliyaning "Lusa" axborot agentligi ma'lumotiga ko'ra, yana 23 kishi jarohatlangan, ularning aksariyati kasalxonaga yotqizilgan. Jarohatlanganlarning besh nafari og'ir ahvolda.
Qayd etilishicha, 3-sentabr kuni soat 18:05 (Toshkent vaqti bilan 22:05) atrofida yuz bergan baxtsiz hodisada halok bo'lganlar orasida xorijiy mamlakatlar fuqarolari ham bo'lgan, biroq ularning fuqaroligi hali tasdiqlanmagan.
Portugaliya Prezidenti Marselu Rebelu de Souza fojiali voqea munosabati bilan hamdardlik bildirdi va hukumat halokat sabablarini tez orada aniqlashiga umid bildirdi. Mamlakatda payshanba kuni milliy motam kuni, deb e'lon qilindi.
"Politsiya va boshqa favqulodda xizmatlar hodisaning kelib chiqish sabablarini tekshirmoqda", – deyiladi nashrda.
1885-yilda ochilgan funikulyor yo'li Lissabon markazini tungi "hayoti" bilan mashhur Bayrru-Altu tumani bilan bog'laydi. Bu sayyohlar va mahalliy aholi tomonidan ishlatiladigan uchta yo'nalishdan biridir. "Gloriya" funikulyoridan har yili 3 millionga yaqin kishi foydalanadi.
"AFP" agentligi olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Buyuk Britaniya bilan yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston bojxonachilari Jahon bojxona tashkiloti seminarida qatnashdi