O‘zbekiston fuqarolari orasida xorijda taʼlim olish uchun ketayotganlar soni tobora kamaymoqda
Dekabr 15, 2025. 12:56 • 38 soniya
• 137
TOSHKENT, 15-dekabr. / “Dunyo” AA/. 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida xorijga taʼlim olish uchun ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni 26,4 ming kishini tashkil etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatgich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,1 ming nafarga yaʼni 19 foizga kamaygan.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonliklar orasida MDH va Osiyo mamlakatlari eng mashhur hisoblanadi.
Yetakchi o‘rinlarda Rossiya (5863 kishi), Tojikiston (5761) va Qirg‘iziston (3835).
Shuningdek, ro‘yxatda Janubiy Koreya (3344), Turkiya (2256), Xitoy (1186), Qozog‘iston (1014), Buyuk Britaniya (839), Germaniya (366) va AQSH (318) bor.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, chet elda o‘qishga bo‘lgan talabning kamayishi xorijdagi taʼlim dasturlariga kiritilgan o‘zgarishlar, shuningdek, O‘zbekistonda ichki taʼlim salohiyatining kuchayishi bilan bog‘liq.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi