O‘zbekiston bojxonachilari Jahon bojxona tashkiloti seminarida qatnashdi
Dekabr 14, 2025. 13:09 • 28 soniya
• 208
BRYUSSEL, 17-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi delegatsiyasi Jahon bojxona tashkilotining Savdoni soddalashtirish global dasturi doirasida o‘tkazilgan mintaqaviy seminarida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir davomida mamlakatimiz delegatsiyasi vakillari milliy bojxona tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari va kelgusidagi rejalar, integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida taqdimot qildi.
O‘z navbatida, tadbir ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston bojxona tizimida amalga oshirilgan islohotlar yuqori baholandi.
Seminar doirasida tashkilotning turli bo‘limlari vakillari bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazildi va o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Buyuk Britaniya bilan yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi