Pokistonlik oshpazlar "Samarqand oshi" xalqaro festivalida faol ishtirok etdi
Avgust 06, 2025. 18:56 • 2 daq
• 185
SAMARQAND, 6-avgust. /"Dunyo" AA/. 1-3-avgust kunlari Samarqand shahrida "Samarqand oshi" xalqaro gastronomik turizm festivali o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri. Unda Buyuk ipak yo'li bo'ylab joylashgan mamlakatlarning milliy oshxonalari yorqin namunalari va gastronomik an'analari namoyish etildi.

Mamlakatimiz elchixonasi Pokiston Turizmni rivojlantirish korporatsiyasi va ushbu davlat Oshpazlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ikki nafar pokistonlik mashhur oshpazlar Amina Basit va Sadaf Vasimning ushbu tadbirda ishtirokini ta'minladi.
Pokiston delegatsiyasi a'zolari festival doirasida o'z mamlakatining milliy taomlari va oshpazlik an'analari bilan munosib tarzda ishtirok etdi. Ular Pokiston milliy oshxonasining guruch, sabzi, piyoz va go'sht mahsulotlari asosida tayyorlanadigan mazali va betakror namunalari, an'anaviy taomlari va shirinliklari - biryani, gulob jamun, seviyan kim xeyer kabi taomlarni tayyorlab, mehmonlar va qatnashchilarga ulashdi.
Tadbir ishtirokchilari va keng jamoatchilik tomonidan pokistonlik oshpazlarning taomlari katta qiziqish bilan kutib olindi. Pokistonlik oshpazlarning mahorati, mazali ta'mlar uyg'unligi va milliy an'analarga sodiq qolgan holda tayyorlangan taomlari festivalda alohida e'tirof etildi.
Festival doirasida Pokiston delegatsiyasi O'zbekiston milliy oshxonasi, mashhur taomlari, ichimliklar va milliy shirinliklar bilan ham tanishish imkoniga ega bo'ldi. Ular Samarqandning boy gastronomik merosi, mehmondo'stlik madaniyati va milliy-tarixiy qadriyatlariga yuqori baho berdi.
Pokistonlik oshpazlar, shuningdek, "Samarqand oshi" xalqaro gastronomik festivalini dunyo xalqlarining kulinar an'analarini namoyish etish, turizm va madaniy diplomatiyani rivojlantirish, davlatlar va xalqlar o'rtasidagi do'stona munosabatlarni mustahkamlash uchun muhim platforma ekanini e'tirof etdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Buyuk Britaniya bilan yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston bojxonachilari Jahon bojxona tashkiloti seminarida qatnashdi