Kuvaytda ilk o‘zbek milliy taomlari restorani ochildi
Avgust 04, 2026. 13:00 • 55 soniya
• 210
AL-KUVAYT, 4-avgust. /“Dunyo” AA/. Kuvayt poytaxtida “Ozbek by Kasimov” nomli ilk o‘zbek restorani o‘z faoliyatini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Restoranda o‘zbek oshxonasining palov, somsa, kabob, o‘zbek noni kabi anʼanaviy taomlari hamda boshqa milliy shirinliklar tayyorlanadi. Bu orqali Kuvayt aholisi va xorijiy mehmonlar O‘zbekistonning boy gastronomik merosi hamda milliy taomlarning betakror taʼmi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
O‘zbek milliy oshxonasi va gastronomik anʼanalarining xalqaro miqyosda ommalashtirilishi mamlakatning turistik jozibadorligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishning ortishiga, gastronomik turizmni rivojlantirishga, xorijiy sayyohlarni jalb etishga hamda respublikaning o‘ziga xos sayyohlik brendini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi