Tailandning Phuket orolidagi binoda yuz bergan yong‘in oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
Noyabr 16, 2026. 16:00 • 2 daq
• 191
PHUKЕT, 16-noyabr. /“Dunyo” AA/. Tailandning Phuket kurort orolidagi to‘rt qavatli binoda yong‘in chiqishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi tan jarohati oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Channel News Asia” portaliga tayanib.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in bugun mahalliy vaqt bilan soat 3:30 larda restoran va ijaraga beriladigan turar joylar joylashgan tijorat binosida boshlangan. O‘t o‘chiruvchilarga yong‘inni qurshab olish va nazoratga olish uchun ikki soat vaqt kerak bo‘ldi.
Qurbonlar orasida Tailand va Myanma fuqarolari bor. “Reuters” agentligi e’lon qilgan politsiya xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida xorijlik sayyohlar yo‘q.
O‘n olti kishi tutundan zaharlanish va singan shisha parchalaridan jarohat olgani sababli shifoxonaga yotqizilgan. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, yong‘in mototsikllarni ijaraga berish punktida boshlanib, so‘ngra binoning qolgan qismiga tarqalgan. Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.
Nashrning yozishicha, Tailandda sanitariya me’yorlari va xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi, ayniqsa, barlar va tungi klublarda talab darajasida emasligi anchadan beri xavotir uyg‘otib kelmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yil iyul oyida Bangkokdagi gavjum barlardan birida qisqa tutashuv tufayli sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 40 ga yaqin kishi halok bo‘lgan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi