Logo

Kuala-Lumpur shahrida o'zbek milliy taomlari restorani ochildi

May 01, 2025. 07:01 • 40 soniya

886
Kuala-Lumpur shahrida o'zbek milliy taomlari restorani ochildi

KUALA-LUMPUR, 1-may. /"Dunyo" AA/. Malayziya poytaxti markazida joylashgan eng mashhur Petronas egizak binolar yonidagi "Avenue K" savdo markazi hududida o'zbek milliy taomlari restorani ochildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Avenue K" savdo markazining ikkinchi qavatida joylashgan restoran o'zining qulay joylashuvi, yaratilgan milliy mehmondo'stlik muhiti va sifatli xizmati tufayli mahalliy aholi va xorijiy mamlakatlar vakillarining e'tiborini o'ziga tortmoqda.

Ushbu tamaddixonada o'zbekistonlik oshpazlar tomonidan bir qator milliy taomlarimiz, salatlar va tuli shirinliklar tayyorlanmoqda. O'zbekistonning boy gastronomik turizm salohiyati tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirmoqda.

Mazkur muassasaning ochilishi ikki mamlakat o'rtasidagi turizm, madaniyat va xalq diplomatiyasi sohalaridagi aloqalar rivojlanayotganidan dalolatdir.

"O'zbek-Andijon taomlari" nomi ostida ochilgan ushbu maskan Malayziya poytaxtida "Markaziy Osiyo restorani"dan keyin ochilgan o'zbek milliy taomlarini taklif etuvchi ikkinchi shunday muassasa bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish