Yangi O'zbekistonda yangi ovoz — "Vatan" jurnalining ilk soni nashrdan chiqdi
Mart 29, 2024. 12:55 • 59 soniya
• 680
TOSHKENT, 29-mart. /"Dunyo" AA/ O'zbekistonda yangi "Vatan" ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma'rifiy jurnali jamoatchilik e'tiboriga taqdim etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi muassisligida chop etila boshlagan jurnal nafaqat saviyaviy va savodxonlik jihatdan, shuningdek, mukammal dizayn va sifat, matbaaning barcha talab va qoidalariga muvofiqligi bilan ham o'ziga xos uslubga ega nashr desak, mubolag'a bo'lmaydi.
"Vatan" jurnali ayni paytda yangi nashr – yangilanib borayotgan O'zbekistonda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlar, erishilgan muvaffaqiyatlar, zafarlar, yangilanishlar, moziy va kelajak, ilm-fan, madaniyat, qo'yingki, qardosh xalq olim va ekspertlarining millatimiz, vatanimiz to'g'risidagi nuqtai nazarlari aks etadi.
Shuningdek, mazkur loyiha yurtimiz ziyolilari, siyosatshunoslari, olim va yozuvchilari uchun Vatan hamda millatimizga bo'lgan muhabbatini izhor etuvchi minbar bo'lib xizmat qilishi kutilmoqda.
Yangi nashrda Yangi O'zbekiston bunyodkori, davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, tahliliy maqolalar, yurtni madh etuvchi asarlar e'lon qilib boriladi.
Jumladan, jurnalning ilk sonida Fitrat, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Qudratilla Rafiqov, Farhod Tolipov, Qozoqboy Yo'ldosh, Xayriddin Sulton, Eldor Asonov kabi va yana boshqa mualliflarning Vatan, til haqidagi o'ylari, hikoyalari, she'rlari va tarixiy shaxslarimiz — ajdodlarimiz haqidagi ilmiy tahlillarga asoslangan maqolalari o'rin olgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Buyuk Britaniya bilan yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston bojxonachilari Jahon bojxona tashkiloti seminarida qatnashdi