Logo

O'zbekistonda so'nggi 7 oy ichida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 2,3 mingdan oshdi

Avgust 13, 2025. 10:36 • 34 soniya

102
O'zbekistonda so'nggi 7 oy ichida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 2,3 mingdan oshdi

TOSHKENT, 13-avgust. /"Dunyo" AA/. 2025-yilning 1-avgust holatiga O'zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 16609 ta korxona faoliyat yuritmoqda, bu esa 2024-yilning mos davriga nisbatan 16,4 foizga ko'pdir, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, mazkur korxonalardan 4094 tasi qo'shma va 12515 tasi to'liq xorijiy kapitalga asoslangandir.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni mamlakatlar kesimida:

-Xitoy – 4250 ta;

-Rossiya – 3093 ta;

-Turkiya – 1982 ta;

-Qozog'iston – 1149 ta;

-Janubiy Koreya – 671 ta;

-Afg'oniston – 622 ta;

-BAA – 369 ta;

-Hindiston – 332 ta;

-AQSh – 332 ta.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish