Britaniya kompaniyasi O'zbekistonda data-markaz tashkil etish loyihasini amalga oshirish istiqbollarini o'rganmoqda
Fevral 24, 2024. 18:46 • 2 daq
• 245
LONDON, 25-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Buyuk Britaniyaning "Lapwing" kompaniyasi rahbari Dermot Mayers bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat avvalida Britaniya vakiliga Yangi O'zbekistonni barpo etishning muhim sharti hisoblangan samarali faoliyat yurituvchi boshqaruv tizimini shakllantirish bo'yicha keng ko'lamli ma'muriy islohotlar haqida so'zlab berildi.
Shundan so'ng, tomonlar O'zbekistonda data-markaz tashkil etish bo'yicha sarmoyaviy loyihani amalga oshirish istiqbollari muhokama qildilar.
Dermos Moyersning aytishicha, britaniya tomoni O'zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligidan kelib chiqib, ushbu g'oyani Markaziy Osiyo davlatlari orasida aynan respublikamizda amalga oshirishga qaror qilgan.
Britaniyalik hamkorlar data-markazni Toshkent yoki Sirdaryo viloyatida BAAning «Gulf Data Hub» kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
O'zbekiston hududida data-markaz tashkil etilsa, tijorat banklari, TMK va AKT kompaniyalari uchun «bulutli zaxirada» ma'lumotlarni saqlash imkoniyati paydo bo'ladi.
Muloqot yakunida "Lapwing" kompaniyasi rahbari shu yilning 2-3-may kunlari bo'lib o'tadigan III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga taklif etildi.
"Lapwing" kompaniyasi 2016-yilda tashkil etilgan. Uning London va Gonkongda ofislari mavjud. Kompaniya tashqi kapital, investitsiyalar va qayta moliyalashtirishni jalb qilish, moliyaviy holatni baholash, tahlil qilish va prognoz qilish, aktivlarni sotish va sotib yo'nalishlarda xizmatlarni taklif qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi